Shifokorlar qog‘ozbozlik o‘rniga o‘z ishi bilan shug‘ullanadigan bo‘ldi

Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarida yuritiladigan jurnallar 100tadan 20tagacha qisqartirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida yuritiladigan tibbiy hujjatlarni muvofiqlashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘ida ko‘rsatib o‘tilgan.

Bundan maqsad birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari xodimlari ish samaradorligini yanada oshirish hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, tibbiyot xodimining asosiy vazifasi hujjat to‘ldirish emas, aholi bilan ko‘proq muloqot qilib, kasalliklarning oldini olish, davolashdir.

Sog‘liqni saqlash vazirining ushbu buyrug‘i birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari xodimlarining hujjat to‘ldirishdan ko‘ra aholi bilan ko‘proq muloqot qilishini ta’minlash, profilaktik ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida qabul qilindi.

Mazkur buyruq fevral oyidan kuchga kirdi va shu munosabat bilan, vazirlikning bir qator buyruqlari o‘z kuchini yo‘qotdi.

“Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligiga to‘ldirilishi lozim bo‘lgan tibbiy hujjatlarning ko‘pligi sezilarli ta’sir ko‘rsatayotgan edi. Misol uchun, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida yuzga yaqin tibbiy hujjatlar yuritilar, bu esa tibbiyot xodimini amaliy ishdan ko‘ra hujjat to‘ldirishga ko‘p vaqt sarflashiga olib kelardi”, deyilgan vazirlik xabarida.

Yana o‘qing:  Zamonaviy ziyo maskani

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: