Insult faqat kattalarda uchraydimi?

yoki bosh miyada qon aylanishi buzilishining oqibatlari

Maktabgacha yoshdagi bolalarda insult:

Gemorragik insultlar-arterial anevrizma yorilishi, vaskulitlar (infeksion, autoimmun, medikamentozli), qon kasalliklari (gemofiliya, Verlgof kasalligi) va hakozolarda uchraydi.

Ishemik insultlar – tug‘ma yurak va uning klapanlari nuqsonlarida, tug‘ma serebral tomirlar yetishmovchiliklarida (aplaziya, gipoplaziya), o‘roqsimon kamqonlikda, onkologik kasallik fonidagi qon tomirlar ichidagi qon quyilishida, spetsifik arteriitda, bo‘yin shikastlari tufayli kelib chiqadi.

 

Katta yoshdagi bolalar va o‘smirlarda insult:

Gemorragik insultlar – arterial anevrizma yorilishida, alterovenoz malformatsiya yoki bosh miyada qon tomirlarining to‘satdan yorilishi tufayli unga qon quyilishi, vaskulitlar (infeksion, autoimmun, medikamentozli), qon kasalliklari (gemofiliya, Verlgof kasalligi) giyohvandlik (kokain, amfitamin va shu kabi narkotik moddalar) sababli kuzatiladi.

 

Perinatalinsult sabablari

Yiliga jahonda ushbu xastalik har 100 000 nafar chaqaloqdan 24,7 nafarida kuzatiladi. Shulardan yuqoridagi miqdordagi go‘dakdan 6,7 nafarida – gemorragik insult yana shuncha miqdordagi go‘daklarning 17.8 nafarida esa ishemik insult kuzatiladi.

O‘rtacha har 4000 nafar tirik tug‘ilgan chaqaloqdan bir nafari perinatal insult bilan tug‘iladi. Bu dard o‘g‘il bolalarda 1,5 baravar qizlarga nisbatan ko‘prok kuzatiladi. Negroid irqida chaqaloqlarda o‘roqsimon anemiya hisobiga yevropoidlarga nisbatan ushbu dard ikki baravar ko‘proq uchraydi. Shulardan perenatalinsult 7-28 foiz holatda o‘lim bilan tugallanadi.

Olimlar suvchechak kasalligidan so‘ng bolalarning miyasidagi qon tomirlar torayib, yupqalashishi sababli mikroinsultlarga va miya osti po‘stlog‘i falajiga olib kelishi mumkin, deb hisoblashmoqda. Buyuk Britaniya shifokorlarining ma’lumotlariga ko‘ra suvchechak bilan kasallangan bolalarda insultga moyillik uch barobar oshadi.

Shuni yodda tutmoq lozimki, insult tufayli miya hujayralarining tiklanish darajasi bolalarda kattalarga nisbatan yuqori bo‘ladi. Bu holat ularning asab tizimi plastiklik darajasi bilan bog‘liq.

Bolalar bosh miyasi hali rivojlanish bosqichlarida bo‘lib, yuqori tiklanish xususiyatiga ega. Bolalik davrida insultni boshidan o‘tkazgan ko‘pgina bemorlarda zamonaviy davolash va reabilitatsiya usullari tufayli harakat hamda nutq buzilishlarining tiklanishiga shifokorlar erishmoqda.

Bosh miyada qon aylanishi buzilishi bolalarda qaysi yoshda bo‘lishlariga qarab rivojlanishning har xil bosqichlarida kattalarnikidan farq qiladi. Ularda insultlarning kelib chiqish sabablarining o‘ziga xos ahamiyati bor. Chunki, bolalardagi xastalik belgilari ular bosh miyasidagi qon aylanishining o‘ziga xos anatomik xususiyatlari bilan ham bog‘liq.

Yana o‘qing:  Boy berilgan vaqt ortida yashiringan xatar

Davomi, boshi o‘tgan sonda.

 

Nodira HAMIDOVA,

Tosh PTI Asab kasalliklari, bolalar asab kasalliklari va tibbiyot genetikasi kafedrasi assisenti

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: