“To‘maris”ning zukko bolalari
Navoiy shahridagi “To‘maris” nomli 32-maktabgacha ta’lim muassasasi 410 nafar kichkintoyni o‘z bag‘riga olgan.
Bu yerda tarbiyalanuvchilarga zamonaviy andozalar asosida ta’lim-tarbiya berish, ularni jismoniy chiniqtirish uchun barcha sharoit yaratilgan. Pedagog-tarbiyachilar bolajonlarni ta’limning ilk bosqichiga to‘g‘ri yo‘naltirish maqsadida mashg‘ulotlarni erkin va qiziqarli tarzda, ko‘rgazmali vositalardan keng foydalangan holda tashkil etishga alohida e’tibor qaratmoqda. Muassasadagi mo‘zajgina kutubxona burchagi hamda ertak va sarguzashtlar olamiga sayohat soatlari bolalar qalbida kitobga mehr uyg‘otmoqda.
O‘zA