Shijoatli qizlar bahsi

Poytaxtimizdagi “Chilonzor” bolalar sport majmuida 1999-2000 yillarda tug‘ilgan o‘quvchi-qizlar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Bahor malikalari” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent shahar filiali tomonidan tashkil etilgan musobaqada 100 nafarga yaqin qiz turli masofalarga yugurish va uzunlikka sakrash bahslarida o‘zaro kuch sinashdi.

300 metrga yugurish bo‘yicha chilonzorlik Kamila Krakova birinchi, Anastasiya Kryanina uchinchi o‘rinni egalladi. Kumush medal Mirzo Ulug‘bek tumanidan Maftuna Saidovaga nasib etdi.

60 metrga yugurish bo‘yicha olmazorlik Aleksandra Xodosova, Almira Sokolova va Mirzo Ulug‘bek tumanidan Sharofat Nazarova, uzunlikka sakrash bahsida chilonzorlik Aleksandra Foizova, bektemirlik Madina Shoimova va Hamza tumanidan Natalya Polonets g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

B.AYTMURODOV,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  Dunyoga mashhur 15 xil pishloq

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: