Puxta bilim, malakali amaliyot

Nukus avtomobil-yo‘l xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida avtomobillarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik, transportda tashish va boshqarishni tashkil etish texnigi, obodonlashtirish texnigi kabi yo‘nalishlarda malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Ta’lim maskanida yoshlar bilim va kasb-hunar sirlarini puxta egallashi uchun barcha sharoit yaratilgan. O‘quv va amaliy mashg‘ulotlarda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan samarali foydalaniladi. Boy kitob fondiga ega axborot-resurs markazi, sport zali, basketbol va voleybol maydonchalari o‘quvchilar ixtiyorida.

Kollejni joriy o‘quv yilida 650 nafar o‘g‘il-qiz tamomlaydi. Ayni paytda ularni ishga joylashtirish bo‘yicha tegishli korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar imzolanmoqda.

 

Maqsad Habibullayev,

O‘zA muxbiri

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: