Tabiiy ko‘llar va suv havzalarini muhofaza qilishga e’tibor kuchaydi

Navoiy viloyatida tabiiy suv havzalarini muhofaza qilish, uning o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 

– To‘dako‘l, Sho‘rko‘l, Aydarko‘lning suvosti dunyosi xilma-xilligini doimiy nazorat qilish asosiy vazifamizdir, – deydi viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘i F.Qodirov. – Viloyat hududida 148 ming 500 gektarda Aydarko‘l, 21 ming 620 gektarda To‘dako‘l va 274 gektarda Sho‘rko‘l suv havzalari joylashgan. Mazkur ko‘llarda noqonuniy ovchilik va qonunbuzilish holatlarining oldi olinmoqda. Viloyatda tabiiy ko‘llar va suv havzalarini muhofaza qilish barobarida undan samarali foydalanish, baliqchilik xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

uznature.uz

Yana o‘qing:  Tinchlik – bolalar nigohida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: