Geologlar Tinch okeani qa’rida yangi qit’a topishdi
Tinch okean hududidagi Yangi Zelandiya va Yangi Kaledoniya orollari guruhi o‘tmishdagi noma’lum qit’aning bir qismi bo‘lgan. Ayni vaqtda bu qit’aning asosiy qismi suv ostida qolgan. Bu yangilik AQSH Geografiya jamiyati mutaxassislari tomonidan e’lon qilingan. Geologlar unga Zelandiya deya nom berishgan. Qit’aning umumiy maydoni 4,9 million kvadrat kilometr bo‘lib, uning 94 foizi suv ostida qolgan.