Tabiatning o‘zi tabib
Uyqusizlikda bir qoshiq asal sizga yordam beradi
Ko‘k choy insult xavfini oldini oladi
Astma xastaligi bilan og‘riganlarga piyoz tanovul qilish tavsiya etiladi. U shishlarni bartaraf etib bronxlarni toraytirish xususiyatiga ega
Artrit xastaligida ko‘p miqdorda baliq iste’mol qiling. Losos, tunets va sardin balig‘i bo‘lsa ayni muddao
Me’da bilan bog‘liq muammolar bezovta qilsa banan va imbir iste’mol qiling. Banan me’da buzilishini oldini olsa, imbir ko‘ngil aynishi hamda darmonsizlikda yordam beradi.
Suyaklar bilan muammo tug‘ila ananas iste’mol qiling. Ananas tarkibidagi marganets moddasi osteoparoz (suyaklarning mo‘rtlashishi)ni oldini oladi hamda ularni mustahkamlaydi.
Sut bezlari saratonini oldini olishda karam iste’mol qiling. U estrogen garmonini me’yorlashtirishga ko‘maklashadi.
Xotira bilan bog‘liq muammolarda tarkibida rux moddasi ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni tanovul qiling. Bu kabi mahsulotlar baliq, qovoq urug‘i va qizil go‘sht tarkibida mavjud.
O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiyalar)da sarimsoq donalarini iste’mol qiling.
Kichik kivi mevasida kaliy, magniy, Ye vitamini va klechatkalarning manbai sanaladi. Kivi tarkibida S moddasi apelsin mevasiga qaragandam 2 barobar ko‘p
Qon bosimining yuqoriligida selderey va zaytun moyi iste’mol qiling. Ular qon bosimini tushirish xususiyatiga ega.
Apelsin organizmdagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. Buyrakdagi toshlarni maydalaydi, yo‘g‘on ichak saratoni xavfini oldini oladi.
Qulupnay kuchli antioksidant, u qon tomirlar tizimini faollashtiradi.
Tarvuz organizmdagi immunitetni ko‘taradi. U likopin manbaasi sanaladi, saraton hujayralarini rivojlanishiga qarshi kurashadi.
Xurshida HUSENOVA