Sportga oshno yoshlar
Navoiy shahridagi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli “So‘g‘diyona” majmuasi yoshlarni sport bilan shug‘ullanishga jalb etish borasida samarali faoliyat olib bormoqda.
Zamonaviy sharoitlarga ega majmuada 1 ming 70 dan ziyod o‘g‘il-qiz sportning suzish, boks, qilichbozlik, badiiy gimnastika, yunon-rum kurashi, futbol, basketbol, kurash turlari bilan muntazam shug‘ullanmoqda. 21 malakali murabbiy texnik va taktik mashg‘ulotlar jarayonida yoshlarda ishonch va qat’iyatni uyg‘otish, g‘alaba sari ruhlantirishga alohida e’tibor qaratgan. Shu bois majmua tarbiyalanuvchilari orasida mamlakatimiz va xalqaro miqyosdagi musobaqalar sovrindorlari ko‘pchilikni tashkil etadi.
Siroj ASLONOV,
O‘zA muxbiri