Milliy sport ommalashmoqda

Mamlakatimizda yosh avlodni sportga keng jalb etishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida o‘zbek jang san’ati yoshlar o‘rtasida tobora ommalashmoqda.

Jizzax tuman transport va sanoat kasb-hunar kolleji bazasida ushbu milliy sport turi bo‘yicha tashkil etilgan to‘garakda 115 nafar o‘g‘il-qiz mahorat oshirmoqda. Hosilbek Jabborov, Mahliyo Meliboyeva, Dilshoda Xolmurodova, Munisa Davlatboyeva, Sabrina Abdujalilova, Javohir Xolmurodov singari yosh sportchilar mamlakatimiz hamda xalqaro miqyosdagi musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallayotir.

– O‘zbek jang san’ati zamirida xalqimizga xos mardlik, vatanparvarlik mujassam, – deydi murabbiya Barno Qo‘shboqova. – Ushbu sport turi yoshlarni jismonan chiniqtirish bilan birga, ularda kamtarlik, halollik, sabr-toqat kabi fazilatlarni shakllantiradi.

 

Sherzod Nazarov,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  “Salomatlik poyezdi”: Orolbo‘yi aholisiga 15 milliard so‘mlik muruvvat yordami yetkazildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: