Sport – sog‘lom turmush asosi

Kuni kecha poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 44-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabida “Sog‘lom qizlar – sog‘lom kelajak poydevori” shiori ostida sport festivali o‘tkazildi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Mirobod tuman hokimligi va Mirobod tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan festivalni o‘tkazishdan maqsad “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, jumladan, mahallalarda istiqomat qilayotgan va ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan qizlarni sportga yanada keng jalb etish, ularning sog‘lom o‘sib ulg‘ayishida sportning ahamiyati, o‘rnini oshirish, shuningdek, sport inshootlarida oilaviy sport bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iboratdir.

Tumandagi sport maktablarida shug‘ullanayotgan qizlardan 6 nafari sport gimnastikasi, 2 nafari sport akrobatikasi bo‘yicha xalqaro musobaqalar sovrindorlari ekanligi bu borada olib borilayotgan ishlar samarasidir.

Mazkur festivalda Mirobod tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktablarida shug‘ullanuvchi qizlar ishtirokida “Biz bilan bo‘ling” shiori ostida mahorat mashqlari ham namoyish etildi. Ayniqsa, tumandagi umumta’lim maktab o‘quvchilari tomonidan tashkillashtirilgan “Kelajaging o‘z qo‘lingda” nomli teatrlashtirilgan musiqiy dastur kechaning yanada qiziqarli o‘tishiga xizmat qildi.

Shuningdek, bayramda xalqaro musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallagan 27 nafar sportchi qizlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E. Bositxonova ishtirok etdi.

Z.MAMATQULOVA

Яна ўқинг:  Полвонларимиздан иккинчи олтин медал!

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: