Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati davom etmoqda
O‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan beshta turning birontasida ham mag‘lubiyatga uchramagan toshkentlik Suhrobjon Avalboyev 4,5 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.
Qizlar o‘rtasida toshkentlik Yuliya Xegay beshta partiyaning barchasida g‘alaba qozonmoqda.
O‘n olti yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida xorazmlik Nodirbek Yoqubboyev 5 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Qizlar musobaqasida qashqadaryolik Xolida Namozova besh imkoniyatdan besh ochko jamg‘argan.
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar bahsida FIDE ustasi Ortiq Nig‘matov, qizlar o‘rtasida xorazmlik Nilufar Yoqubboyevalar peshqadamlik qilmoqda.
T. ORTIQOVA