YOSH QILICHBOZLAR MUSOBAQASI

Poytaxtimizda o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi kubogi uchun I xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi va Fransiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi hamkorligida o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston, Fransiya va Qozog‘istondan oltmish nafardan ziyod sportchi yakkalik va jamoaviy bellashuvlarda g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati kumush medali sovrindori Gulmira Ziyoeva finalda fransiyalik Osean Blyum ustidan zafar quchib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Hamyurtimiz Zilola Ilyosova hamda fransiyalik Rozen Kostanye bronza medalni qo‘lga kiritdi.

O‘smirlar o‘rtasidagi yakkalik bellashuvlarida fransiyalik Mishel Koroton va Devid Spens dastlabki ikki pog‘onani egalladi. Hamyurtimiz Renat Bashirov va fransiyalik Elis Meddi bronza medal bilan taqdirlandi.

– Yurtingizda sport bilan shug‘ullanish uchun keng imkoniyatlar yaratilganiga guvoh bo‘ldik, – deydi ­Fransiya jamoasi murabbiyi Amir Shabakesaz. – Qilichbozlikka ixtisoslashgan sport zali ham barcha qulayliklarga ega, zamonaviy jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan. Bu yerda shug‘ullanayotgan yoshlar o‘rtasida sportchi sifatida yuqori salohiyatga ega o‘g‘il-qizlarning ko‘pligiga amin bo‘ldik.

Jamoaviy bellashuvlarda Fransiya qilichbozlari oltin, O‘zbekiston terma jamoasi kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Z.TOSHXO‘JAYEV,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  Yo‘g‘-e?! (2013-24)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: