Saraton kasalligini aniqlashning yangi usuli
Olimlar tomonidan organizmdagi saraton xavfini 45 daqiqada aniqlashi mumkin bo‘lgan maxsus uskuna yaratildi. Buning uchun faqatgina smartfon va internet kerak bo‘ladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yaratilgan ixtiro katta bo‘lmagan plastikdan iborat bo‘lib, u smartfon kamerasiga mustahkamlanadi. O‘ziga xos qurilmada chiroq manbasi, kompakt linzalar va shu bilan birgalikda maxsus sinaladigan joy mavjud. U o‘zida bemor xujayra to‘qimalari namunalarini saqlaydi. Bunday skaner inson hujayrasi namunalari bilan katta muvaffaqiyatlarga erishish ikonini beradi. Shu bilan bir qatorda hujayra suratini maxsus yaratilgan serverga yuklash orqali uning ustida ish olib borish mumkin. Yangi uskuna 92 foiz aniqlik bilan kasallikka tashxis qo‘yadi.
X. HUSENOVA