O‘zbekistonlik bolalar bepul davolandi
Kuni kecha yurak nuqsoni bilan og‘rigan bir guruh bolalar Hindistonning “Artemis Medicare Services Limited” gospitalida salomatligini tiklab, yurtimizga qaytib keldi.
Ma’lumot uchun o‘tgan yillar davomida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, “Artemis Medicare Services Limited” gospitali hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida 26 nafar yurak tug‘ma nuqsonli bemor bola shifo topdi.