Jayronlarni ko‘paytirish borasida qanday ishlar amalga oshirilyapti?

Jayron tabiatning betakror go‘zalikka ega, butun borlig‘idan nafosat ufurib turgan kiyikdir. Bejiz qadimda qizlarga aynan ana shu ohuning nomi berilmagan. Afsuski insoniyatning tabiatga nisbatan yovuzlarcha munosabati bir paytlar dashtda to‘da-to‘da bo‘lib, yayrab yurgan jayronlarning qirilib ketishiga sabab bo‘ldi. Bugungi kunda Buxoro viloyatida mustaqilligimiz yillarida kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvon turlarini saqlab qolish maqsadida “Qizilqum” qo‘riqxonasi, “Jayron” ekologik markazi, Yo‘rg‘a tuvaloq qushlarini ko‘paytirish uchun mo‘ljallangan chet el “Emirates Bird Breeding Center for Conservation” markazi, Qoraqo‘l davlat ov o‘rmon xo‘jaligi, Dengizko‘l davlat buyurtmaxonasi Qoraqir davlat buyurtmaxonalari tashkil qilingan. Ana shundan “Jayron” ekomarkazi 1977 yilda tashkil topgan bo‘lib, kamyob va yo‘qolish arafasida turgan hayvonlarni ko‘paytirish maqsadida 45 bosh jayron, qulon, Prjevalskiy oti olib kelingan edi.

– Hozirgi paytda Ekomarkazda saqlanayotgan kamyob hayvonlar soni, xususan jayron 500, Prjevalskiy oti 26, buxoro tog‘ qo‘yi 25, morxur 1, buxoro bug‘usi 1 bosh bo‘lib, unga Vazirlar Mahkamasining 2008 yil №212 sonli qarori va Buxoro viloyati hokimining 2009 yil №80 qaroriga asosan 9369 gektar yer maydoni ajratilgan, deydi “Jayron” ekomarkazi rahbari Alisher Maxmudov. – Jayronlar soni belgilangan normadan oshgan takdirda rejaga asosan tabiat qo‘yniga quyib yuboriladi, shu paytgacha 1500 bosh jayron, 12 bosh Perejivalskiy otlari va 5 bosh qulonlar o‘zlari yashab turgan muhitga qo‘yib yuborildi. “Jayron” ekomarkazida noyob hayvon turlarini tutqinlikda ko‘paytirish bo‘yicha erishilgan yutuqlar biologik xilma-xillikni saqlash nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega.

Jayronlarni ko‘paytirish borasidagi xayrli ishlar Qorako‘l tumani “Vaxim” MFY Vaxim qishlog‘ida joylashgan Qorako‘l davlat o‘rmon ov xo‘jaligida ham amalga oshirilmoqda. O‘rmon xo‘jaligining jami maydoni 8275 gektarni tashkil etib, shundan 1636 gektar yaylov, 850 gektar o‘rmonzorlar, 2,6 gektar yo‘llar, 2146 gektar suvlik va 3640,4 gektar maydon qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlardan iborat. Qorako‘l tuman hokimining 26.05.2012 yildagi № 422 qarori bilan 50 gektar qo‘shimcha saksavul ekish uchun ajratilgan edi. Ov xo‘jaligini tashkillashtirishdan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob jayronlarni ko‘paytirish tabiatga qo‘yib yuborishdan, yangi o‘rmonzorlar barpo etishdan iborat. Hozirda ushbu o‘rmon ov xo‘jaligida jayronlarni saqlash va uni ko‘paytirish, yashash muhiti va oziqlanishi uchun zarur shart – sharoitlar yaratilib, 2004 yilda ular 11 boshni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib 38 boshga yetgan. Bunday hayrli ishlarni amalga oshirishda “Jayron” ekomarkazi hamda o‘rmon xo‘jaligi xodimlari tinmay mehnat qilishmoqda. Zero, kelajak avlod jayronlarni faqatgina hayvonot bog‘ida emas, balki tabiiy yashash hududida ham ko‘rib, ularning go‘zalligidan bahra olishsa oldinga qo‘yilgan maqsadga erishgan bo‘lamiz.

Yana o‘qing:  Sport, san’at va iroda

 

Dilnoza Safarova,

Buxoro viloyati Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining targ‘ibot inspektori

ekolog.uz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: