Milliy kutubxonada pulli xizmat ko‘rsatish narxlari o‘zgardi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2017 yil 25 yanvar 8-sonli buyrug‘iga asosan “Pullik xizmat ko‘rsatish preyskuranti” narxlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Milliy kutubxona saytida xabar berilgan. O‘zgartirishlar kiritishda kutubxona foydalanuvchilariga sifatli xizmat ko‘rsatish, ularga yanada kengroq qulayliklar yaratish hamda xizmat ko‘rsatish uchun zarur tovar xom-ashyo maxsulotlarining narxlari, xizmatda foydalanilgan texnik jihozlarni saqlab turish xarajatlari o‘zgarganligi, qolaversa, foydalanuvchilarning yangi axborot-kutubxona xizmatlariga talablari oshayotganligini inobatga olingan.

Yangi preyskurant asosida xizmat ko‘rsatish joriy yilning 10 fevralidan kuchga kiradi. Milliy kutubxonada tasdiqlangan yangi preyskurant bilan ushbu fayl orqali (.pdf 246 KB) tanishib chiqishingiz mumkin.

Yana o‘qing:  Navoiyda yoshlar haftaligi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: