Har bir bola – e’tiborda

Tug‘ma nuqsoni bor o‘zbekistonlik 6 nafar bola “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi vakillari hamrohligida bepul davolanish uchun Koreya Respublikasiga jo‘nab ketdi.

Mamlakatimizda “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” davlat dasturida belgilab berilgan dolzarb vazifalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Prezidentimiz rahnamoligida tibbiyot va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar barkamol va sog‘lom avlodni tarbiyalash, onalik va bolalikni muhofaza qilishda muhim omil bo‘layotir. 2014-yilning yurtimizda Sog‘lom bola yili, deb e’lon qilingani bu boradagi keng ko‘lamli ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi o‘sib kelayotgan avlod salomatligini ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, bolalarning jismoniy, intellektual va ma’naviy rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishga ko‘maklashayotgan tashkilotdir. Fond milliy va xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda qator insonparvarlik dasturlari, jumladan, o‘zbekistonlik bolalarni dunyoning eng yaxshi klinikalarida davolash bo‘yicha qator dasturlarni amalga oshirib kelmoqda. Ushbu sa’y-harakatlarning samarasi o‘laroq, 2010-2013-yillarda 23 nafar hamyurtimiz chet el klinikalarida muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.

– Sakkiz yoshli nabiram Nilufarning yuragida tug‘ma xastalik bor, – deydi D. Jumaboyeva. – Yurtimizda farzandlarimiz salomatligiga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor tufayli, nabiram Janubiy Koreyaning nufuzli klinikasida o‘z salomatligini tiklash imkoniga ega bo‘lmoqda. Bunday g‘amxo‘rlik uchun tashkilotchilardan minnatdormiz.

Indira MIFTAXOVA

Яна ўқинг:  Юксак эътибордан мунаввар диллар

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: