Xorazmda maishiy chiqindilarni qayta ishlovchi zavod quriladi

Xorazm viloyatida maishiy chiqindilarni qayta ishlovchi zavod Urganch tumanida 15 gektar maydonda joylashadi.

O‘zbekiston milliy banki zavod qurilishiga 7 mlrd. so‘m va 970 ming AQSH dollari ajratadi. Zavoddagi ishlab chiqarish majmuasi Xitoyning Beston Group Machinery CoLTD kompaniyasi tomonidan jihozlanadi. Yil oxirigacha korxona foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Unda har yili 900 ming tonna qattiq maishiy chiqindi qayta ishlanadi. Umumiy hisobda zavod 6 turdagi tayyor mahsulot ishlab chiqaradi. Rezina, avtoshinalar, sellofan va plastmassadan qozonxonalar uchun yonilg‘i, yog‘och bo‘laklaridan xonalarni isitish uchun briketlar ishlab chiqariladi.

 

Manba: uznature.uz

Yana o‘qing:  O‘ZBEKISTONLIK YOSHLAR DUNYo ARENASIDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: