Microsoft: eski kompyuterlar sog‘lig‘ingizga zarar yetkazadi!

Insonni asabbuzarlik holatiga olib boruvchi sabablardan biri, yuklanish jarayoni cho‘zilib ketadigan eski tizimlardir. Bu qarorga Microsoft kompaniyasi mutaxassislari Buyuk Britaniyada o‘tkazgan izlanish natijalaridan so‘ng kelishgan. Irish Examiner nashrining kompaniya eksperti so‘zlariga havola qilgan holda keltirishicha, shaxsiy kompyuterlarining o‘rtacha yoshi 3 yildan ko‘proq muddatni tashkil etar ekan. Bunday tizimning yuklanib to‘liq ishga tushishi uchun yangi tizimga nisbatan 65% ko‘proq vaqt ketar ekan, bu esa insonning 1 yil umri davomida 23,5 soat vaqti aynan kutish bilan o‘tib ketadi deganidir.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 3 yildan ortiq muddatdagi foydalanishda bo‘lgan shaxsiy komyuter egalari texnikadan zararkunanda dasturni o‘chirib tashlash uchun 3,5 barobar ko‘p vaqt safrlashga to‘g‘ri keladi. Ko‘pgina foydalanuvchilar uchun esa bu holat qattiq asabga tegishi turgan gap. Eski shaxsiy kompyuter egalarinig 65 foizi ba’zan o‘zlaridan ketgan holda, texnikaga baqirishgacha borar ekan. Foydalanuvchilarning 6 foizi esa qattiq stress holatiga tushgan holda, yig‘lashga ham yetib borar ekan.

So‘rov natijasiga ko‘ra, shaxsiy kompyuterlardagi muammolarga bo‘lgan munosabat nafaqat texnikaning yoshi, balki foydalanuvchining ham yoshiga bog‘liq ekan. 55 yoshdan yuqori bo‘lgan foydalanuvchilar oyiga 2 soat vaqtini shaxsiy kompyuterning yuklashini kutishga sarflaydi. Ushbu yoshi katta foydalanuvchilarning har beshinchisi (19%i) kamida 5 yildan ziyod vaqt ishlaydigan shaxsiy kompyuterlardan foydalanishar ekan, deya xabar beradi securitylab nashri.

 

Nafosat Zafarova tayyorladi

kamolot.uz

Yana o‘qing:  Antiqa RUCHKA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: