Anor sharbati kayfiyatni ko‘taradi

Olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra bir stakan anor sharbati stress (ruhiy zo‘riqish)dan qutulish uchun samarali vosita ekanligi aniqlandi. Edinburgdagi qirolicha Margarita universiteti olimlari ishdagi stresslardan halos bo‘lishda aynan anor sharbati o‘ziga xos ta’sir kuchiga ega ekanligini ta’kidlashmoqda.

60 nafar ko‘ngilli qatnashchilar 2 hafta mobaynida har kuni 500 ml miqdorida anor sharbati ichishdi. Tadqiqot yakunlangach, unda qatnashgan qatnashchilar so‘rovnoma to‘ldirishdi. So‘rovnomada emotsional kayfiyat va ishga bo‘lgan munosabat haqidagi savollar jamlangan edi. Aniqlanishicha, doimiy ravishda anor sharbati iste’mol qilgan insonlar kayfiyatida ko‘tarinkilik holati kuzatilgan. Ularda ishga bo‘lgan ijobiy munosabat yuqori bo‘lib, asabiylashish holatlari kam kuzatilgan.

 

 

Gulnoza ZIYAEVA,

2-Respublika tibbiyot kolleji o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi tuziladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: