“Nasaf”ning ishonchli g‘alabasi

Qarshining “Nasaf” jamoasi Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqichida Bahraynning “Al-Hidd” klubi bilan bahslashdi.

Poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida o‘tgan uchrashuv boshidanoq tashabbusni o‘z qo‘liga olgan “Nasaf” jamoasi a’zolari hujumkor o‘yin namoyish etdi. 16-daqiqada Akmal Shorahmedov uzatgan jarima to‘pini Shahboz Erkinov boshi bilan raqib darvozasiga joylab, hisobni ochdi. Oradan o‘n daqiqa o‘tib, ayni shu vaziyat yana takrorlandi. Faqat bu gal Igor Golban golga mualliflik qildi: 2: 0. O‘yinning ikkinchi yarmida qarshilik futbolchilar “Al-Hidd” darvozasiga yana ikkita to‘p kiritdi. “Nasaf” jamoasi a’zolari Doniyor Narzullayev va Dragan Cheran raqib darvozasiga aniq zarba yo‘llab, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Uchrashuvda 4: 0 hisobida g‘alaba qozongan “Nasaf” jamoasi Osiyo chempionlar ligasining pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Mazkur bosqichda qarshilik futbolchilar Saudiya Arabistonining “Al-Fateh” klubi mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv 7 fevral kuni o‘tkaziladi.

Yana o‘qing:  Yana bir sport maktabi foydalanishga topshirildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: