BILIMLILAR BELLASHUVI

Yurtimizda ertamiz vorislari bo‘lmish yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar ularni yangi marralar sari undamoqda. Turli fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlar, ijodiy bellashuvlar o‘z navbatida ko‘plab iqtidor egalarini kashf etmoqda. Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 245-maktabda bo‘lib o‘tgan bilimlar bellashuvi ham o‘quvchilar uchun haqiqiy sinov maydoni bo‘ldi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ushbu bellashuvda o‘quvchilar Davlat ta’lim standartlari asosida egallagan bilim va ko‘nikmalari asosida ijodiy ish yozish kabi nazorat turlari bo‘yicha ishlab chiqilgan savollarga puxta javob berishdi. Hakamlar hay’ati yuqori sinf o‘quvchilarining puxta tayyorgarlik ko‘rganlarini alohida ta’kidlab, ularni yuqori o‘ringa munosib topishdi. Bilimlar bellashuvi so‘nggida so‘zga chiqqan direktor o‘rinbosari Fotima Abbosova g‘olib o‘quvchilarni qutlab, ularga “Maqtov yorliq”lari topshirdi.

Saodat G‘AFFOROVA

Yana o‘qing:  YOSHLAR UCHUN ISH O‘RINLARI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: