Navoiyda kitoblar ko‘rgazmasi

Navoiy shahrida “Adabiyotga e’tibor – kelajakka e’tibor” shiori ostida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

“O‘zbekkitobsavdo” aksiyadorlik kompaniyasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi va viloyat axborot-kutubxona markazi hamkorligida tashkil etilgan ko‘rgazmada 500 nomdan ortiq kitoblar namoyish etilmoqda.

– Ko‘rgazma Prezidentimiz rahnamoligida milliy ma’naviyatimizni yanada boyitish, boy madaniy merosimizni asrab-avaylash va rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tiborning amaldagi ifodasi bo‘ldi, – deydi viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Ramazon Rajabov. – 20 aprelga qadar davom etadigan ko‘rgazma doirasida kitoblar savdosi ham o‘tkazilayotir. Joylardagi axborot-resurs markazlari kitob fondini boyitishda bunday ko‘rgazmalarning ahamiyati katta.

– Ko‘rgazmaga ikki farzandim bilan birga keldik, – deydi Zamira Rahimova. – Ular o‘zlari qiziqqan ilmiy va badiiy adabiyotlardan xarid qilishdi. Bunday ko‘rgazmalar, ayniqsa, yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

N.RAHIMOV,

O‘zA muxbiri

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: