Oshqovoqning foydali jihatlari

Oshqovoq qadim zamonlardan beri tibbiyotda keng qo‘llanib keladi. Bu mahsulot karotin moddasi hamda S vitaminiga boy bo‘lib, soch va terini tiniqlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Karotin moddasidan hosil bo‘ladigan A vitamini teri yog‘lari ishlab chiqarilishini yaxshilaydi. Agar bu vitamin yetishmasa yuzga xusnbuzar toshish ehtimoli ortadi. Bundan tashqari, oshqovoqning urug‘i ham juda foydali: uning tarkibidagi aminokislota, temir mikroelementlari qon aylanishiga, tomir va miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oshqovoq urug‘i tarkibidagi oqsil qondagi shakar miqdorini normal holatga keltiradi.

Boshqa sariq rangli sabzavot va mevalar kabi oshqovoq tarkibida ham karotinoid va antioksidant moddalari juda ko‘p. Bu moddalar oksidlash jarayoniga to‘sqinlik qilib, miya qarishini sekinlashtiradi. Shuningdek, u kaloriyasi kam mahsulot bo‘lgani uchun ozishga yordam beradi.

 

Mirjalol Madvaliyev

tayyorladi.

Yana o‘qing:  Sun’iy qon kukuni yaratildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: