Yurtimiz farzandlari doimo sog‘lom bo‘lsin!
Xudoyberdi TO‘XTABOYEV,
O‘zbekiston xalq yozuvchisi:
– Bugungi bolalarning ruhiyati, fikrlashi, o‘zini tutishi, hayotga qarashi bundan 10-15 yil oldingi tengdoshlarinikidan keskin farq qiladi. Hozirgi bolalar o‘ta aqlli, hushyor, hayotdagi maqsadlari aniq, bir nechta tillarni mukammal biladi. Shuning uchun ham ulardan umidimiz katta.
Tilagim, yurtimiz farzandlari doimo sog‘lom bo‘lsin! A’lo baholarga o‘qib, kelajakda ona diyorimiz kelajagining chinakam bunyodkorlari bo‘lib kamolga yetsin. Yangi yil quvonchi qalbingizni sira tark etmasin!