Kutubxonada uchrashuv
Biz “Yosh jurnalist va notiq” to‘garagi a’zolari rahbarimiz Muhabbat opa Qodirova bilan viloyat kutubxonasiga borgan edik. Ziyo maskanining bolalar adabiyoti bo‘limi rahbari F. Solihova barchamizni 206-umumta’lim maktabida o‘tkazilayotgan kitob bayramiga taklif etdi.
Tadbirda jajji singil va ukajonlarimiz kitob haqidagi she’r va qo‘shiqlarni ijro etib, qalbimizni quvonchga to‘ldirdi. Shuningdek, kechada “Gulxan” jurnali bosh muharriri Zahro Hasanova o‘zining yangi she’rlaridan yig‘ilganlarga o‘qib berdi. “Tong yulduzi “gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari Yu. Abdullayev, yozuvchi M. Hamidova bolalarning komil inson bo‘lib yetishishida kitobning o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
E’zoza ABDUMALIKOVA,
Angren shahridagi “Barkamol avlod” bolalar ijodiyot markazi a’zosi