Ajdodlarni yod etib
O‘zbekistonimizning barcha hududlarida fevral oyi o‘zgacha taraddud bilan kutib olinadi. Chunki, bu oyda bobolarimiz –Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kunlari keng nishonlanadi.
Jumladan, Sergeli tumanidagi 104-maktabda ham ushbu sana munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni maktabning katta o‘qituvchisi Nasiba Rayimqulova kirish so‘zi bilan ochdi. So‘ngra sahnaga Navoiy hamda Bobur siymosidagi o‘quvchilar chiqib kelishdi. Ular ijrosida maktab jamoasi va mehmonlari bobokalonlarimiz ijodidan namunalar o‘qishdi va ular hayotiga oid sahna ko‘rinishlarini ham taqdim etishdi. O‘quvchilarning bunday chiqishlaridan ularning bu kunga alohida tayyorgarlik ko‘rganliklari ko‘rinib turardi. Buni zaldagi gulduros qarsaklardan ham anglash mumkin edi.
Tadbir davomida taqdim etilgan ijodiy chiqishlar orqali o‘quvchilar bu ikki buyuk shaxs haqida yanada ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
T.ORTIQOVA