Bolalardan bolalarga

Kuni kecha V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida ushbu ta’lim muassasasi o‘quvchilari tashabbusi bilan “Bolalardan bolalarga” deb atalgan an’anaviy xayriya konserti bo‘lib o‘tdi.

Har oyning 15-sanasida o‘tkaziladigan mazkur konsert dasturida respublika miqyosidagi ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yosh iste’dod egalari ishtirok etdilar. Konsertdan tushgan mablag‘ Gematologiya qon quyish ilmiy-tekshirish institutida davolanayotgan bolalarga kerakli dori-darmonlar uchun sarflanadi.

Xalqimizning yuksak fazilatlaridan bo‘lgan birdamlik, saxovat va muruvvat yordamini ko‘rsatish kabi ezgu qadriyatlarni e’zozlash tashabbusi bilan chiqqan o‘quvchilar xasta tengdoshlari bilan do‘stlik rishtalarini o‘rnatib, murg‘ak qalb­larga madad bo‘layotganlaridan baxtiyor.

Xayriya konsertida ilk bor yangragan “Bolalardan bolalarga” qo‘shig‘ining matni va musiqasini ham yosh san’at g‘unchalarining o‘zlari yaratgan.

Xayriya konsertida xalqaro tanlov g‘oliblari Muhriddin Sayfiddinov, Yulya ­Gabdyukova, “Yangi avlod — 2012” respublika tanlovi g‘oliblari Shohruh Abduvorisov va Shohruh Ne’matjonov, Nikita Stetsenkolarning chiqishi tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, “Yangi avlod — 2012” respublika tanlovi g‘oliblari namanganlik Otabek Sobirjonov va Jamshid G‘afforovlar ijrosidagi “Mustahzod” qo‘shig‘i yig‘ilganlarning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Maryam QODIROVA

Yana o‘qing:  Xushxabar raqamlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: