Hayvonot va nabotot olami qonun himoyasida

O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida yangi tahrirdagi “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi hamda yangi tahrirdagi “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlarning mazmun-mohiyatini nodavlat notijorat tashkilotlari vakillariga yetkazishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Mazkur huquqiy hujjatlarda jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada kengaytirish bilan bog‘liq ustuvor yo‘nalishlar o‘z aksini topgan. Xususan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolar o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlarni hayotga tatbiq etish, bu yo‘nalishda jamoat ekologik nazoratini amalga oshirish va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi mumkinligi belgilangan.

Seminarda o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanishda davlat, idoraviy, ishlab chiqarish va jamoat ekologik nazoratini amalga oshirishning huquqiy asoslari, yangi tahrirda qabul qilingan o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishga oid qonunlari hayotga tatbiq etishda jamoat tashkilotlari ishtirokining huquqiy asoslari va uni hayotga tatbiq etish mexanizmlari bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.

 

M. TOLIPOVA

Yana o‘qing:  “Yulduzcha”ning ertasi porloq(mi?)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: