Lablar harakatidan so‘zlarni anglay oladigan sun’iy intellekt
Googlening DeepMind bo‘linmasi mutaxassislari lablar harakatiga qarab so‘zlarni anglay oladigan yangi dasturiy ta’minotni yaratdi.
Uning nomi Watch, Listen, Attend and Spell deb nomlandi. Ushbu dasturiy ta’minot o‘xshash dasturlar orasida aniqlik darajasi eng yuqori – 46,8 foiz ekanligi bilan farqlanadi. Taqqoslash uchun mutaxassislar odamlar ishtirokida tajriba o‘tkazdi va professional lablar harakati bo‘yicha nutqning 12 foizini olishga qodir ekanligini aniqladi. Dastur yaratuvchilari mazkur yangilik eshitish bilan bog‘liq muammoga ega odamlar uchun foydali bo‘lishi mumkunligini taxmin qilmoqda.
X. HUSENOVA