Yagona boshqaruv pulti yaratildi

San-fransiskolik yosh ixtirochilar “aqlli uy”ni boshqaruvchi “Sevenhugs” universal pultini yaratishdi.

U juda ixcham va yengil ishlangan bo‘lib, moslama televizor, telepristavkalar, pleyerlar, akustik tizimlar, yorug‘lik qurilmalari va boshqa jihozlarni boshqarishga imkon beradi.

Pultni kerakli texnika vositasiga yo‘naltirganda u avtomatik ravishda aniqlanadi. Bunda pultning IPS-ekrani faollashib, unda kerakli buyruqlar paydo bo‘ladi. Televizor uchun buyruqlar kanallar to‘plami, ovozni sozlash, yorug‘lanish uchun qurilmalar to‘plami, yorug‘lik darajasi va shu kabilar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, pult ob-havo va Uber taksi-xizmati orqali chaqirtirilgan taksi kelgani haqida ham ma’lumot bera oladi.

Shuningdek, moslama yordamida yon xonalardagi maishiy texnika vositalarini ham boshqarish mumkin. Buning uchun har bir xonada kirish nuqtalari o‘rnatib, ularni tizimga ulash kerak bo‘ladi. Pult Wi-Fi, Bluetooth va infraqizil kanal orqali buyruqlarni uzata oladi.

Ixtirochilarning aytishicha, ushbu moslama 25 mingdan ko‘proq qurilmani boshqara oladi. Agar yo‘qolib qolsa ham uni pult bazasida joylashgan maxsus tugma orqali tezda topib olish mumkin.

 

S. OCHILOV

Yana o‘qing:  O‘zbekiston – umumiy uyimiz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: