FAROVONLIK TIMSOLI

Bugungi kunda hayotimizni elektr energiyasisiz tasavvur etish qiyin. Chunki, aholi elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlanib turilsa bu ham farovonlikning bir timsolidir desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu borada “O‘zdavlatenergonazorat” inspeksiyasi Toshkent shahar bo‘limi olib borayotgan ishlar diqqatga molik.

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi Toshkent shahar bo‘limida elektr energiyasi sohasida norma va qoidalarga rioya etilishida qonuniy huquq va manfaatlarni ta’minlashni muhokama qilish bo‘yicha “Ochiq eshiklar kuni” va inspeksiya xodimlari xatti-harakatlari ustidan tushgan aholining ariza, taklif va shikoyatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish yuzasidan “Ishonch telefoni” tashkil etilgan.

“Ochiq eshiklar kuni”ni o‘tkazishdan maqsad energetika sohasida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish, shuningdek, qonun-qoidalarga kiritiladigan o‘zgartirish va boshqa masalalar bo‘yicha tushuntirish, targ‘ibot ishlarini olib borilishini tashkil etishdan iborat.

Har oyning birinchi seshanba “Ochiq eshiklar kuni”da o‘tgan yil mobaynida jami 36 ta murojaatlar ko‘rib chiqilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 35 ta murojaatlarning aksariyati elektr tarmog‘idagi uzilishlar bo‘yicha bo‘lgani sababli “Toshkent shahar ETK” OAJga murojaat etish tavsiya etildi.

Siz shikoyat va arizalar hamda takliflar bilan joriy yilning har oyi 1-seshanba “Ochiq eshiklar kuni” hamda 233-29-77 telefon raqami orqali “Ishonch telefoni”ga murojaat etishingiz mumkin.

D.LUTFULLAYEV,

“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi Toshkent shahar bo‘limi inspektori

Yana o‘qing:  DUNYo HAMJAMIYATI NIGOHIDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: