Bo‘lar bola boshidan…

O‘z-o‘zidan ayonki, bolalar sportini rivojlantirmasdan turib, o‘zbek sportining kelajagini ta’minlash, xalqaro maydonda uning obro‘-e’tibor qozonishiga erishish mumkin emas.

Islom KARIMOV

 

Poytaxtimizdagi 317-umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi Muhammadali Naimjonov mamlakatimizning iqtidorli yoshlaridan biri.

Usportning kikboksing turi bo‘yicha shahar va respublika miqyosida o‘tkazilgan musobaqalarda faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Shuningdek, yosh sportchi Tailandning Bankok shahrida o‘tkazilgan musobaqada qatnashib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Muhammadali shaxmatga ham juda qiziqadi. U Toshkent shahrida ushbu sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada 9 yoshli bolalar o‘rtasida birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. U erishgan yutuqlarga tengdoshlari har qancha havas qilsa arziydi.

Har bir mas’uliyatli ota-ona farzandi qobiliyatini shakllantirishga o‘z vaqtida e’tibor berib, uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi zarur.

– O‘g‘limdagi sportga bo‘lgan qiziqish unga otasidan o‘tgan, desam mubolag‘a bo‘lmaydi, – deydi onasi Dilfuza Norova. – Turmush o‘rtog‘im ham sportning kikboksing turi bilan shug‘ullanadi. Muhammadalini dadasi bolaligidan sport zallariga hamisha o‘zi bilan birga olib boradi.

Sport bilan do‘st tutinish, bolada qat’iyatlik va mardlik kabi fazilatlarning shakllanishi, mustahkam irodaga ega bo‘lishi uchun puxta zamin yaratadi. Quvonarlisi, so‘nggi yillarda mamlakatimizda bolalar sporti sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar Muhammadali kabi yosh avlod vakillarini har jihatdan sog‘lom va yetuk bo‘lib kamolga yetishiga xizmat qilmoqda.

Yana o‘qing:  Oftalmologiya yo‘nalishida yangi loyiha

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: