Istalgan qurilmani simsiz quvvatlash mumkin

Zamonaviy gadjetlar faol ishlatilganda akkumulyator juda tez quvvatini yo‘qotadi. Energysquare startapi, bir vaqtning o‘zida bir nechta qurilmani quvvatlay oladigan quvvat oldirgichni o‘ylab topishdi.

Buning uchun faqatgina, gadjetni orqa qopqog‘iga maxsus nakleykani yopishtirib, uni mobil qurilmaning razyomiga ulash va quvvatlash gilamchasiga qo‘yish kerak bo‘ladi. Yopishqoq qismlar ingichka, elektr o‘tkaza oladigan hoshiyalar bo‘lib, uning bir tomoniga Lightning, Micro-USB yoki USB-C razyomi ulangan. Quvvatlovchi gilamcha esa elektr o‘tkazmaydigan materialga o‘rnatilgan o‘tkazuvchi kvadratlardan iborat. Bu turdagi ko‘pchilik qurilmalardan farqli o‘laroq, u elektromagnit induksiyadan emas, balki bir muncha soddaroq – elektr o‘tkazuvchanlikdan foydalanadi. Quvvatlanadigan moslama gilamchaning ikkita turli kvadratchasiga qo‘yilsa, elektrodlar ulanadi va quvvatlash jarayonini boshlaydi. Muhimi, nakleyka ikkita turli kvadratda yotishidir. Bunda gilamchadan bir vaqtning o‘zida bir nechta qurilma quvvat olishi mumkin.

Boshqaruv tizimi har bir kvadratchani alohida nazorat qiladi. Bu esa turli protokolga ega qurilmalarni quvvatlash imkonini beradi. Quvvatlanish darajasi 100 foizga yetganda gilamcha avtomat tarzda o‘chadi. Tizim inson uchun to‘liqligicha zararsizdir. Quvvatlash gilamchasi suvdan qo‘rqmaydi, uni hatto yuvsa ham bo‘ladi.

 

G. EGAMBERDIYEVA

Yana o‘qing:  Bokschilarimizdan 11 ta medal

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: