Muzaffar yoshlar yurt sharafini munosib himoya etadi

Barchamizga ma’lumki, sport bilan shug‘ullangan har bir yosh avlod jismonan sog‘lom, ruhan yetuk bo‘lib voyaga yetadi.

Shu bois, yurtimizda unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodni sportga keng jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush-tarzini qaror toptirish borasida ko‘plab ibratli ishlar amalga oshirilayotir.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tashabbusi bilan bundan 14 yil muqaddam, ya’ni 2002 yilda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilgan edi. Natijada, ushbu sohada amalga oshirilgan ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi.

Andijon shahridagi 1-Bolalar va o‘smirlar sport maktabi ham ana shu jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qisqa muddatda qayta qurilib, yoshlar ixtiyoriga topshirildi. Bugungi kunda mazkur muassasada jami 1 ming 212 nafar o‘quvchi sportning erkin kurash, boks, dzyudo, qilichbozlik, o‘q otish, qo‘l to‘pi, voleybol, basketbol, badiiy gimnastika, mini futbol, kikboksing, karate, shaxmat kabi 14 ta turi bo‘yicha shug‘ullanmoqda. Quvonarlisi, ularning 168 nafarini qizlar tashkil etadi.

Bugungi kunda o‘zbek farzandlari hech kimdan kam emasligini amalda isbotlab, Osiyo va jahon chempionatlari, Olimpiya o‘yinlari va boshqa nufuzli xalqaro turnirlarda ona Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, O‘zbekiston bayrog‘ini balandlarga ko‘tarmoqda. E’tiborlisi, bu yuksak g‘alabalarda andijonlik yoshlarning ham munosib hissasi bor.

– 2016 yil Qozog‘iston Respublikasining Almati shahrida karate bo‘yicha Markaziy Osiyo birinchiligida Javlon Abdulatipov, Abror Akbarov va Zulfizar Rasulova kabi tarbiyalanuvchilarimiz faxrli 3-o‘ringa sazovor bo‘lishdi, – deydi Andijon shahridagi 1-Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori Rahmatullo Buvaqulov. – Shuningdek, 2016 yilda O‘zbekiston terma jamoasi asosiy tarkibiga 11 nafar va zahira tarkibiga 17 nafar o‘quvchilarimiz qilichbozlik, o‘q otish, boks sport turlari bo‘yicha kiritildi.

Yangicha usulda bunyod etilgan ana shunday sport maktablarida yuqori maqsadlarni ko‘zlab, orzulari sari dadil intilayotgan yoshlarimizning ko‘pligi barcha-barchamizni quvontiradi.

– Har gal xalqaro musobaqalarda ishtirok etganimda, zimmamda ona yurt sha’nini himoya qilishdek, sharafli, shu bilan birga mas’uliyatli vazifani chin dildan his qilaman. Raqiblarimni mag‘lub etib, shohsupaga ko‘tarilganimda esa yaqinlarim, xalqim oldida yuz yorug‘ bo‘lganidan cheksiz faxr hissini tuyaman, – deydi ber necha xalqaro turnirlar sovrindori Zulfizar Rasulova.

Yana o‘qing:  Poytaxtimizda “Atrof-muhitni himoyalash va barqaror rivojlanish borasida hamkorlikni mustahkamlash” mavzuida Markaziy Osiyo xalqaro ekologiya forumi ish boshladi

Ishonamizki, bundan keyin ham andijonlik yosh sportchilar sohasida yuksak marralarni zabt etadilar.

Charos XUSHVAQTOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: