O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi
“NNT, OAV va fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatda kuchli fuqarolik jamiyatini barqaror rivojlantirishni ta’minlashga va ijtimoiy sheriklikni yanada rag‘batlantirishga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalariga davlat grantlari ajratish uchun qo‘shimcha tanlov E’LON QILADI
Quyidagi yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar qabul qilinadi:
- “G‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan” shiori ostida mahallalarda, ayniqsa yoshlar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini yuksaltirish;
- Yoshlarni ijtimoiy-huquqiy va sotsial-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, uyushmagan va tarbiyasi muammoli yoshlar o‘rtasida turli yo‘nalish va mavzularda, xususan, “Men Vatanimni sevaman”, “Jamiyatda mening o‘rnim bor” mavzusida turkum tadbirlar o‘tkazish;
- Xalq ta’limi bo‘limi va boshqarmalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan ijtimoiy sheriklikda Asosiy Qonunning mazmun va mohiyatini tushuntirib berishga qaratilgan ma’rifiy-targ‘ibot ishlarini tashkil etish, “Men O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganaman” shiori ostida turli ko‘rgazmali materiallar tayyorlash va tarqatish;
- Madaniyat va sport muassasalari bilan sheriklikda yoshlar o‘rtasida xalq sporti o‘yinlarini ommalashtirish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini madaniy tashkil etish, qishloq qizlarini badiiy gimnastika va sportga keng jalb qilish;
- Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, ularni O‘zbekistonning milliy manfaatlariga yot g‘oyalardan asrash;
- Qishloq joylarida chet tillarni, O‘zbekistonda yashayotgan xalqlarning madaniyatini, san’atini va adabiyotini o‘rganishda milliy-madaniy markazlar, do‘stlik jamiyatlari bilan amaliy ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash;
- Erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlaridan axborot beruvchi ko‘rgazmali materiallarni mahalliy davlat organlari bilan hamkorlikda tayyorlash va tarqatish, aholining keng qatlamlari orasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish;
- Joylardagi mahalliy davlat organlariga aholining ijtimoiy ko‘makka ehtiyojmand qatlamlari ayollar, yoshlar va nogironlarning doimiy bandligini ta’minlashga, ularni xalq hunarmadchiligi tayyor mahsulotlarini ishlab chiqarish, oilaviy biznes va tadbirkorlikning turli shakllariga jalb qilishga ko‘maklashish;
- Ayollar va bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda hamda ularni ijtimoiy-huquqiy va sotsial-ma’naviy qo‘llab-quvvatlashda joylardagi xotin-qizlar qo‘mitalari faoliyatiga ko‘mak ko‘rsatish;
- Savdo-sanoat palatasi, biznes sub’yektlari va moliya institutlari bilan hamkorlikda chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash texnologiyalarni joriy etish, mahallalar obodligini, aholi bandligini hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash;
- Sog‘liqni saqlash muassasalari bilan ijtimoiy sheriklikda yuqumli kasalliklar profilaktikasi to‘g‘risida aholining xabardorligini oshirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini keng targ‘ib etish;
- Mehnat migrantlarining oila a’zolariga tibbiy ko‘rikdan o‘tishning zarurligini keng tushuntirish, ularga ijtimoiy-psixologik va tibbiy-gumanitar xizmatlar ko‘rsatish hamda bandligini ta’minlash borasida mahalliy ijroiya organlari bilan hamkorlikda reja va dasturlar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish;
- Mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni, tinchlik va osoyishtalikni, millatlararo va dinlararo bag‘rikenglikni ta’minlash borasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;
- Yoshlarning tibbiy-ekologik va ijtimoiy-ma’naviy madaniyatini yuksaltirishda NNT va OAV o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish;
- Demokratik islohotlar natijasining mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida aholi va jahon jamoatchiligini keng ko‘lamda xabardor qilish, jamiyatda bunyodkorlik, yaratuvchanlik va ertangi kunga ishonch muhitini mustahkamlash;
- Bosma OAV va AAlari materiallarining professional, mafkuraviy va badiiy darajasini oshirish;
- Mustaqil bosma OAV va AAlarining fuqarolarning, ayniqsa, jamiyatni isloh qilish va yangilashning tayanchi va hal etuvchi kuchi sifatida yoshlarning ijtimoiy va huquqiy ongiga ijobiy ta’sirini kuchaytirish;
- Mustaqil bosma OAV va AAlarining yosh jurnalist va texnik xodimlari mahorati va ijodiy faolligini yuksaltirish;
- Ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etishda, inson huquqlarini himoya qilishda, jamoatchilik fikrini umumlashtirish va ifoda etishda OAVlarining roli va ahamiyatini kuchaytirish;
- “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini amalga oshirishning zaruriy sharti sifatida fuqarolarning siyosiy-huquqiy madaniyati, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish.
Davlat granti ajratilishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:
- NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
- www. fundngo.uz saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
- Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
- Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
- Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.
- Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining iltimosnomalari, tavsiya xatlari ilova qilinishi mumkin.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 25 mln. so‘mgacha.
Hujjatlar 2016 yil 20 sentyabrdan 20 oktyabrgacha qabul qilinadi.
Hujjatlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi” nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.
Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Jamoat fondining www. fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.
Ma’lumot uchun telefonlar:
(0-371) 239-26-76,239-26-64.