Yumshoq o‘yinchoqlarning jo‘yali va nojo‘ya xususiyatlari

Ko‘pchilik bolajonlardan sevimli o‘yinchog‘ingiz nima deb so‘rasangiz, shubhasiz, yumshoqqina “ayiqpolvon” deb javob beradi. Garchi, yumshoq o‘yinchoqlar bola aqliy faoliyatining rivoj­lanishiga u qadar ta’sir qilmasa­-da, ular farzandingizni juda xursand qilishi, shubhasiz.

Kichkintoy uchun yumshoq o‘yinchoq iliq munosabat va himoyalanish hissini namoyon qilishdan iborat. Shu sababli, bolakaylar o‘zlari uchun sevimli bo‘lgan “ayiqcha” va “quyonvoy”larni jon dillari bilan bag‘irlariga bosib, uxlashni xush ko‘rishadi.

 

Bolajoningizga birinchi yumshoq o‘yinchoqni qachon xarid qilgan ma’qul?

Qachonki, farzandingiz o‘zi istagan vaqtda hamda quyida sanab o‘tilgan tanlov shartlariga amal qilgan holatlarda xarid qilganingiz maqsadga muvofiq. Agar u mushukni tanlasa, unga yumshoq mushukvoy, vafodor itni tanlasa, uning kichkina bolasini xarid qiling.

Mutaxassislarning fik­riga ko‘ra o‘yinchoq tanlashning o‘ziga xos shartlari mavjud. Ular quyidagilardan iborat:

– o‘yinchoqning asosiy detallariga diqqat bilan e’tibor qarating. Agarda “quyonvoy”ning ko‘zlari g‘ilay tasvirlangan bo‘lsa, yaxshisi bu kabi ovunchoqni farzandingizga ilinmaganingiz ma’qul.

– o‘yinchoq sifatli tikilishi bilan bir qatorda, burun va ko‘zlari unga mustahkam qilib biriktirilganiga ham ahamiyat bering;

– o‘tkir kimyoviy hid­lardan xoli bo‘lgan o‘yin­choq tanlang;

– tanlov jarayonida mahsulotning qaysi firma tomonidan ishlab chiqarilganiga e’tibor qarating. Aksariyat sifatsiz matodan yasalgan o‘yinchoqlar tufayli bolada allergik holatlar yuzaga kelishi tez-tez uchrab turadi;

– o‘yinchoqqa biriktirilgan qo‘llash bo‘yi­cha ko‘rsatmalar sizga yaqindan yordam bera oladi. Unda bolaning necha yoshdan boshlab mazkur o‘yinchoqni o‘ynashi yozilgan bo‘ladi.

– musiqali yumshoq o‘yin­choqlarni tanlashda ehtiyot bo‘ling. Uning ovozi kichkintoyni qo‘rqitib yuborishi mumkin. Qolaversa, batareyasi bor o‘yinchoqlarni yuvish ham anchagina mushkul.

– uzun yungli o‘yinchoqlarni xarid qilmaganingiz ma’qul. Chunki, u bolaning nafas olish yo‘liga tushish ehtimoli yuqori;

– juda ulkan bo‘lgan o‘yin­choq uyingizning katta qismini egallashini unutmang. Agar siz bunga tayyor bo‘lmasangiz, yaxshisi uni xarid qilmang.

 

Yumshoq o‘yin­choqlarni yuvish mumkinmi? Albatta, buni doimiy ravishda amalga oshirish kerak. Shifokorlar yumshoq o‘yin­choqlar o‘ziga chang yig‘ishi va natijada kichkintoy xastalanib qolishi mumkinligini ko‘p bora ta’kid­lashadi.

Yumshoq o‘yinchoqning zarar yetkazmasdan, o‘z holicha qolishini istasangiz, uni kir yuvish mashinasida maxsus qopga solib, keyin yuving. Ana shunda unga zarar yetmaydi. Yuvish jarayonida bolalar kir yuvish kukunidan foydalaning. Agar qo‘lda yuvishni istasangiz, uni ehtiyotkorlik bilan tozalang.

 

Yana o‘qing:  Ta’lim va islohot: yangi o‘quv yili yangi o‘quv maskanlarida

Xurshida HUSENOVA tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: