Ta’lim va islohot: yangi o‘quv yili yangi o‘quv maskanlarida

Yurtimizda yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni Vatanimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimizga sodiqlik ruhida kamol toptirish masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Ana shu ezgu maqsad-muddaolar mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarga hamohangdir.

Yurtimizda ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida joriy yilda 371 maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Shundan 29 ta umumta’lim maskani yangidan qurib, foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, 239 maktab qaytadan rekonstruksiya qilindi, 103 bilim maskani kapital ta’mirlandi.

Davlat dasturiga ko‘ra 2016 yil “Bolalar sportini rivoj­lantirish” jamg‘armasi mab­lag‘lari hisobidan 28 ta bolalar va o‘smirlar sport maktabida qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash hamda zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlashga e’tibor qaratildi. 200 dan ortiq umumta’lim maktabida sport zallari qurilib, ular zamonaviy sport anjomlari va uskunalari bilan to‘liq ta’minlandi.

Ta’lim muassasalarida yoshlarni ma’nan yuksak, barkamol insonlar etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu mamlakat va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan turli tanlov va bilimlar bellashuvlarida o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.

1 ming 220 umumta’lim maktabini kompyuter sinfi, interaktiv elektron doskalar va konditsionerlar bilan jihozlashga e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilda 286 maktabgacha ta’lim muassasalarini kapital rekonstruksiya qilish belgilangan bo‘lib, ularni mebel, asbob-uskunalar, o‘yinchoqlar va texnik vositalar bilan jihozlash bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.

“Ta’limda global hamkorlik” loyihasi doirasida mamlakatimizdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etilib, o‘quv mebellari va rivojlantiruvchi ta’lim materiallari bilan ta’minlanmoqda. Bu kabi maskanlarning kutubxonalari bolalar adabiyotlari bilan to‘ldirilmoqda. Shuning­dek, 3-6 yoshli farzandlari maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinmagan oilalarga she’r va ertaklar, bolalarni maktabga tayyorlashga oid kitoblar to‘plamlari tarqatilishi ko‘zda tutilgan.

Yangi o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 4-sinf­larida ham yangi davlat ta’lim standartlari asosida chet tili fanini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar chop etilib, joylarga yetkazildi.

Ilk marotaba umumta’lim maktablarining 3-sinflariga mo‘ljallangan “Ona tili”, “O‘qish”, “Matematika”, “Tabiatshunoslik”, “O‘zbek tili”, “Russkiy yazi’k”, “Kniga dlya chteniya” fanlari bo‘yicha o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma va ularning multimediali ilovalari yaratilib, chop etildi va hududlarga yetkazildi. Davlat dasturi doirasida, shuningdek, umumta’lim maktablarining kutubxona fondini o‘zbek va chet el yozuvchilarining lotin grafikasi asosida nashr etilgan badiiy adabiyotlari, ensiklopediyalar bilan to‘ldirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yana o‘qing:  Tennis bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida Osiyo/Okeaniya mintaqasi saralash bahslari ikkinchi guruh uchrashuvlari o‘tkazilmoqda

O‘quvchi-yoshlar bilimining nechog‘li mustahkamligi ta’lim sifatini muttasil yuksaltirib borishga bevosita bog‘liq. Joriy yilda ilk marotaba o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishga oid xalqaro hamda mamlakatimiz tajribasidan kelib chiqib, uzluksiz ta’lim tizimining 18 ta umumta’lim fanlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari yanada takomillashtirilib, tajriba-sinovdan o‘tkazildi.

Bularning barchasi mamlakatimizda o‘g‘il-qizlarga puxta bilim berish, ular qalbi va ongida ezgu g‘oyalarni mustahkam qaror toptirish, navqiron avlod istiqboli yo‘lida ko‘rsatilayotgan cheksiz mehr va e’tiborning amaldagi yana bir yorqin namunasidir.

Shavkat XO‘JAQULOV,

Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati mutaxassisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: