Oziq-ovqat sanoati: istiqbolli rejalar, muhim vazifalar
Yaqinda Milliy matbuot markazida “Mustaqillik yillarida aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish va uni takomillashtirish borasida erishilgan natija va yutuqlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbirda “O‘zbekoziqovqatsanoatxolding” xolding kompaniyasi vakillari, soha mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Anjumanda ta’kidlanganidek, istiqlol yillarida yurtimizda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish masalasi O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bugungi kunda yaratilgan qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhiti ushbu soha rivojida muhim omil bo‘lmoqda.
Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan qator savollarga atroflicha javob oldilar.
Xurshida HUSENOVA