Qaysi mahsulotlarda D darmondorisi ko‘p?
– Tabiiy yog‘li tvorog, pishloq hamda treska balig‘i jigarining tarkibida D darmondorisi mo‘l deb eshitdim. Shu to‘g‘rimi?
Feruza SINDAROVA,
Toshkent shahri
Dilorom KENJAYEVA, oliy toifali shifokor:
– Ha, boshqa mahsulotlarga qaraganda, siz yuqorida sanab o‘tgan yeguliklar tarkibida D darmondorisi ko‘pligi bilan alohida ajralib turadi. Ushbu mahsulotlar yurak qon-tomir kasalliklarining oldini oladi. Agar kishi organizmida ushbu vitamin ko‘p miqdorda bo‘lsa, unda yurak yetishmovchiligi, gipertoniya(xafaqon), miokard infarkti va shu kabi yurak xastaliklari kam uchrashi kuzatilgan.