Yoshlarning biznes tashabbusi

uch oylik dastur boshlandi

Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetida tashkil etilgan mazkur dasturda talabalar qator yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan IT-loyihalari bilan ishtirok etmoqda.

Tadbir O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekiston biznes forumi (3-bosqich)” loyihasi bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi, “Sasol” kompaniyasi vakolatxonasi va Yevropa Ittifoqining “Menejmentni o‘rgatish dasturi – O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes korxonalari rahbarlari va xususiy tadbirkorlik salohiyatini mustahkamlash” loyihasining moliyaviy ko‘magida tashkil etildi.

Dasturda oliy o‘quv yurtlari talabalari axborot xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi, transport va yo‘l infratuzilmasi, tibbiyot, moliya va to‘lov tizimlari, to‘qimachilik va moda, ta’lim, yurisprudensiya, restoran biznesi kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan IT-loyihalari bilan ishtirok etdi.

Yoshlar uch oylik dastur doirasida “tejamkor startap”ni tushuntirish, loyihani rivojlantirishga doir “yo‘l xaritasi”ni tuzish bo‘yicha treninglarni o‘z ichiga olgan keng qamrovli ta’lim dasturlarida ham qatnashadi. Dastur davomida ishtirokchilar tajribali mutaxassislardan maslahat olib, o‘z yutuq va kamchiliklarni o‘rganish, tahlil qilish uchun guruh uchrashuvlarida qatnashish imkoniga ega bo‘ladi.

Yosh tadbirkorlar dastur natijalari asosida bo‘lajak investorlarga o‘z loyihalari taqdimotini o‘tkazadi.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  Felpsga havas qilishning o‘zi zavqli

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: