Ko‘kka qadagaymiz Vatan bayrog‘in

Bugungi kunda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari 240 nafarga yetgan bo‘lib, ulardan 44 nafari sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston, Osiyo va jahon chempionlaridir.

Kuni kecha poytaxtimizdagi Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Ko‘kka qadagaymiz Vatan bayrog‘in!” mavzuida sport sohasidagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining yutuqlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad sovrindorlarning faoliyati va yutuqlarini keng targ‘ib etish, ularning ibrat bo‘ladigan qirralarini namoyish etish, yaratilgan shart-sharoitlar natijasida safi kengayib borayotgan yosh sportchi qizlarning aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdagi rolini kuchaytirishdan iboratdir. Tadbirda sovrindorlar haqida ma’lumot beruvchi annotatsiyalar ilova qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E. Basitxonova ishtirok etdi.

 

M. HASANOVA

Yana o‘qing:  Bag‘ri bahor oromgohlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: