Inklyuziv ta’lim

unga 11 ming nafardan ziyod bola qamrab olindi

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida mamlakatimiz va Yevropa Ittifoqining “O‘zbekistonda alohida ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv ta’lim” qo‘shma loyihasi ijrosi doirasida erishilgan natijalarga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

O‘tgan davr mobaynida Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi tomonidan 11 ming nafardan ziyod bolaga zarur tibbiy-ijtimoiy, huquqiy va maslahat yordami ko‘rsatildi.

Loyiha doirasida 800 nafardan ortiq alohida ehtiyojli bola umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalariga biriktirilgani qayd etildi. Ularga inklyuziv ta’lim bo‘yicha o‘quv kursini tamomlagan malakali pedagoglar saboq bermoqda. Toshkent, Samarqand, Namangan, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida 5 tajriba-resurs markazi hamda 30 tajriba maktabi va maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Tadbirda ekspertlar jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytardi.

N. NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  Endi istalgan manzilni topish mumkin

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: