Yurtga ehtirom

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida mustaqilligimizning 25 yilligiga bag‘ishlab “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy kecha o‘tkazildi.

Tadbirga Mirobod va Uchtepa tumanlaridagi mahallalar, xotin-qizlar qo‘mitalarining faollari, nuroniy otaxon va onaxonlar, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, pedagoglar, yoshlar taklif etildi.

So‘lim bog‘da poytaxtimiz tumanlaridagi bunyodkorlik va yaratuvchilik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, xotin-qizlar va keksalarni e’zozlash borasidagi ezgu ishlarni aks ettirgan ko‘rgazma tashkil etildi.

Vatanni, istiqlolni, uning aziz ne’matlarini, bugungi dorulomon kunlarimizni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar kechaga yanada fayz bag‘ishladi.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  Murodjonni murodiga yetkazgan orzular

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: