Ishbilarmon ayollar taqdirlandi

Poytaxtimizda “Ishbilarmon ayol – 2016” ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘ldi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi va qator tashkilotlar hamkorligida mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlab “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida tashkil etilgan mazkur tanlov tadbirkor xotin-qizlar safini kengaytirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Ilk marotaba o‘tkazilgan mazkur tanlovning tuman, shahar va viloyat bosqichlarida 10 mingga yaqin tadbirkor, ishbilarmon va fermer ayollar o‘z loyihalari bilan ishtirok etdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan tadbirkor xotin-qizlarning loyihalari “Zamonaviy tadbirkor ayol portreti”, “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli”, “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirayotgan fermer ayol”, “Tashabbuskor ayol” kabi yo‘nalishlarda saralanib, ularning 56 nafari yakuniy bosqichda ishtirok etdi.

Joriy yilda tijorat banklari tomonidan ayollar rahbarligidagi ishlab chiqarish tarmoqlariga 897, 1 milliard so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari yo‘naltirilgani opa-singillarimizning jamiyat hayotida munosib o‘rin topishiga alohida e’tibor qaratilayotganidan dalolatdir.

Ishbilarmon ayollar bayramiga aylangan tadbirda xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

G‘olib va sovrindorlarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Vasila PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  Andijondagi poliklinikalarga maxsus jihozlangan avtomobillar topshirildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: