Yosh polvonlar bahsi
Vatan sharafini himoya qilish har bir sportchi uchun o‘zgacha g‘urur va sharaf sanaladi.
Yirik sport tadbirlarida g‘alaba nashidasini surish, Vatan bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarishdek quvonchni so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi.
Kuni kecha Angren shahrida 2003–2007 yilda tug‘ilgan kurashchilar o‘rtasida ochiq turnir bo‘lib o‘tdi. Musobaqada viloyatning bir necha shaharu tumanlaridan kelgan yosh polvonlar ishtirok etdi.
Yakunda Mirjalol Qosimov, Sanjar Haydarov, Otabek Xudoyqulov, Sanjar Matqayumov va Diyor Nomozovlar o‘z vazn toifalarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Qosim ESHONQULOV