Ko‘zyosh kuchlilik belgisimi?

Mutaxassislarning fikricha, kino ko‘rganda ta’sirlanib yig‘laydiganlar hissiyotlarini jilovlab turadiganlardan kuchliroq bo‘lar ekan.

Bu haqda gap ketganda birinchi bo‘lib onangiz xayolga kelsa, ajab emas. Mushfiq ona film tomosha qilayotib, “yum-yum” yosh to‘kadi yoki falokat tomon ketayotgan qahramonni yo‘ldan qaytarishga urinib, gapirib yuboradi. Shu sababli ham ular hayot zarbalariga boshqalarga qaraganda chidamliroq bo‘ladi. Hayron qolarli holat: nahotki kino tufayli yig‘laydigan kishi ruhan kuchli bo‘lsa?

Tadqiqotlarga ko‘ra, dramatik sahnalarni ko‘rayotganda kamida 92 foiz odamning ko‘ziga yosh kelar ekan. Boshqa bir tadqiqot esa bu holatning yangi qirrasini ochdi. Tomoshabin o‘zini turli mashaqqatlarga yuzma-yuz kelgan qahramon o‘rnida tasavvur etadi va atrofdagilarga hamdardlik tuyadi. Qayg‘udoshlik hissi esa bizni yanada yaxshi va kuchli kishiga aylantiradi.

Kino qahramonlari kechinmalarini o‘zimizga olar ekanmiz, hayotni yorqinroq, aniqroq anglaymiz, boshqalarni tushunishimiz osonlashadi. Bu miya faoliyati bilan bog‘liq: hayajonli sahnalarni ko‘rish jarayonida vujudimiz oksitotsin gormonini ishlab chiqaradi. Bu gormon odamlarga bog‘liqlik va ularga yaxshilik tilash hissini uyg‘otadi, mehribonlik fazilatini kuchaytiradi.

Kino ko‘rayotib, miriqib kulish yoki yig‘lashdan umuman tortinmaslik kerak. Axir bu organizm uchun faqat foyda beradi. Tuyg‘ularimizni oshkor etish barobarida biz ularni boshqarishni ham o‘rganamiz. Bu esa kishining kuchliligini ko‘rsatadigan jihatdir.

 

Orifjon MADVALIYEV tayyorladi.

Yana o‘qing:  Keksalar – bebaho boyligimiz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: