Xastalik belgilari hushyorlikka chorlaydi

Qadimdan tabiblar insonning yuz terisi rangining o‘zgarishi, tomir urishi, bemorning mijozi va uning qanday ovqatlanishi hamda a’zoi badanida yuzaga kelgan kasallik alomatlari, peshob, shuningdek, najasning tusiga qarab unga tashxis qo‘yishgan. Quyida biz har birimiz bilishimiz lozim bo‘lgan ayrim kasalliklarning asosiy belgilari haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz.

Agar odamning ko‘z ostida ko‘kimtir-qora tusli xalqalar paydo bo‘lsa, buyraklar va yurak faoliyatida muammolar mavjudligidan darak beradi. Ko‘z oqida qizil qon tomirlar yaqqol ko‘rinib tursa, asab tizimi toliqqanligidan dalolatdir. Yana bemor jismonan va aqlan qattiq charchaganda ham ana shu belgi yuzaga chiqadi. Tunda odam qattiq xurrak otsa hamda uning boldir (Axill bo‘g‘imi), sohasi kengaysa, ateroskleroz va semizlik belgisi hisoblanadi. Bu holatda yog‘ qatlami qorin, ko‘krak hamda dumba sohasida yig‘iladi. Oyoq va qo‘llar aksincha ozg‘inroq bo‘ladi. Bunday semirish salomatlik uchun xavfli sanaladi.

Agar insonning tez-tez va behudaga jahli chiqsa, jigar faoliyati izdan chiqqan bo‘ladi. Kishi besabab vahima va qo‘rquvga tushsa albatta yurakni tekshirtirish zarur. Yo‘g‘on bo‘yin, baqbaqaning osilib turishi hamda do‘mboq yonoqlar(ayniqsa, bu yosh bolalarda kuzatilsa) hazmning buzilishi va organizmda zaharli moddalar yig‘ilganidan belgi beradi. Peshonada g‘ovaksimon kichkina teshikchalar paydo bo‘lsa, qo‘ltiq osti qizarib tursa hamda qovoqlar ostida ham shu rang kuzatilsa, yurak mushaklari qon bilan yaxshi ta’minlanmaganini bildiradi. Ishtahaning yo‘qligi organizmda V guruhi vitamini yetishmovchiligi va yurak, buyrak hamda me’da-ichak tizimi xastaliklarida kuzatiladi. Axlatda qon laxtasining paydo bo‘lishi, ichaklar yallig‘langani yoki ularda o‘sma (rak) paydo bo‘lgani hamda gemorroy (bavosil), leykmiya va qon ivishi buzilganining belgisidir.

Og‘iz burchaklarining yorilishi organizmda temir moddasi yetishmasligidan paydo bo‘ladi. Besabab ozib ketish sil kasalligi, saraton xastaligi yoki moddalar almashinuvining buzilishi, shuningdek, boshlanib kelayotgan miokard infarktidan xabardor etadi. Teri rangining o‘zgarishi, ayniqsa, uning sariq tusga kirishi jigar va taloqda muammo borligidan ogohlantiradi. Teri va lablarning ko‘kimtir tusga kirishi, yurak kasalligi yoki o‘pka saratoniga to‘g‘ri tashxis qo‘yishga yordamlashadi.

2-3 haftadan beri bemor besabab yo‘talsa, shifokor surunkali bronxit, astma (ziqqinafas), yurak kasalligi yoki o‘pka raki haqida gumon etib, xasta kishini to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishi kerak. Yuqori qon bosimi kuzatilganda yoki tomirlar toraysa quloqlarda shovqin paydo bo‘ladi. Tilning kuyganga o‘xshab achishib og‘rishi kamqonlikda hamda V guruhi vitaminlari yetishmaganida va achchiq qalampir yoki murch, xantal (gorchitsa) iste’mol qilganda kuzatiladi.

Yana o‘qing:  ZAMBURUFLAR yuqumli...mi?

Ko‘z ostida xaltacha paydo bo‘lishi yurak qon tomir tizimi va buyrak kasalliklaridan dalolatdir. Gemospermiya – erkaklar urug‘ida qon paydo bo‘lishi, peshob-tanosil a’zolarining yallig‘lanishi yoki o‘sma xastaliklarida kuzatiladi. Bemorning kindik atrofida og‘riq paydo bo‘lishi va bu dard qorinning quyi sohasiga tarqalishi, qusish, sovuqqotish va tana haroratining ko‘tarilishi bezovta qilsa ko‘richak kasalligiga gumon qilish mumkin. Bunday holatda xasta kishini zudlik bilan jarroh tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishi zarur. Chunki, ko‘richak yorilib ketsa, qorin parda yallig‘lanib(peritonit) hayot uchun o‘ta xavfli holat yuzaga keladi. Agarda bemorga o‘z vaqtida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, bu mudhish oqibatga olib keladi. Har qanday vaziyatda ham har bir inson o‘zi va yaqinlari hamda yon-atrofdagi odamlar sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lishi zarur. Shundagina eng aziz ne’mat bo‘lmish inson hayoti va uning salomatligini o‘z vaqtida asrash mumkin bo‘ladi.

 

Gulchehra ShIRINOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: