Jajji malikalarning katta g‘alabalari

Italiyaning Latina shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda mamlakatimiz sportchi qizlari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlarini Toshkent xalqaro aeroportida keng sport jamoatchiligi vakillari, sport ishqibozlari, sportchi-qizlarning oila a’zolari, ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib oldi.

Italiyada o‘tgan nufuzli turnirda Ispaniya, Kanada, Kipr, Misr, Rossiya, Qozog‘iston kabi davlatlarning eng iqtidorli gimnastikachilari bilan raqobatlashgan sportchilarimiz 5 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

2009 yilda tug‘ilgan qizlar o‘rtasidagi bahslarda Lola Jo‘rayeva predmetsiz va arg‘amchi yordamida mashq bajarishda eng yuqori natija ko‘rsatib, ikkita oltin medalga sazovor bo‘ldi.

O‘z yosh toifasida Ilona Ten bitta oltin va ikki bronza, Madina Rustamova bittadan oltin va bronza, Malika To‘raxo‘jayeva bitta oltin, So‘g‘diyona Jo‘rayeva ikkita kumush va Amina Zokirova ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  OILA MUSTAHKAMLIGIDA MAHALLANING O‘RNI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: